Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahon shaxmat toji: Sindorov va Gukesh bahsi sanasi ma’lum qilindi

Jahon shaxmat toji: Sindorov va Gukesh bahsi sanasi ma’lum qilindi

2026-yilgi FIDE World Chess Championship 2026 shaxmat olamining yangi qirolini aniqlaydi. Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju (Hindiston)ga da’vogar sifatida O‘zbekiston vakili Javohir Sindorov qarshi chiqadi. Ushbu bahs tarixdagi eng yosh final sifatida qayd etiladi — har ikki shaxmatchi musobaqa boshlanishida 20 yoshda bo‘ladi.

Musobaqa 2026-yil 23-noyabrdan 17 dekabrgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Hozirda FIDE turnirni qabul qilish uchun mezbonlik tanlovini e’lon qilgan.

Musobaqaning umumiy budjeti taxminan 8,5 mln dollar bo‘lib, shaxmatchilar o‘rtasida taqsimlanadigan pulning minimal miqdori 2,5 mln dollarni tashkil etadi. Musobaqani nazorat qilish va tashkil etish xarajatlari uchun FIDE to‘lovi 1,1 mln dollar.

14 ta klassik o‘yin partiyalar, dam olish kunlari hamda ehtimoliy tay-breyklar (tenglik bo‘lsa) uchun o‘yin davomiyligi o‘rtacha 25 kun etib belgilangan.

Bu to‘qnashuv nafaqat shaxmat tarixi uchun, balki yangi avlod yetakchilari shakllanayotganini ko‘rsatadi. Sindorovning finalga chiqishi O‘zbekiston shaxmat maktabi nufuzini yanada oshirsa, Gukesh o‘z mavqeini saqlab qolishga harakat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring