Janubiy Koreyada sobiq «birinchi xonim»ga berilgan jazo kuchaytirildi
Janubiy Koreya apellyasiya sudi sobiq birinchi xonim Kim Gon Xiga berilgan jazoni qayta ko‘rib chiqdi. U aksiyalar manipulyasiyasi va pora berishda ayblangan.
Yanvar oyida u 20 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi, ammo endi uning jazosi to‘rt yilgacha oshirildi. Shuningdek, unga 50 million von (taxminan 34 000 dollar) miqdorida jarima solindi, deb xabar beradi AFP.
Tergovchilarning fikriga ko‘ra, Kim avtomobil sotuvi aksiyalari narxini manipulyasiya qilish orqali 810 million von (564 000 dollar) foyda ko‘rgan. U shuningdek, saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirish qoidalarini buzganlikda ayblangan.
Kimning eri, sobiq prezident Yun Sok Yol yanvar oyida hibsga olishga to‘sqinlik qilgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Sobiq davlat rahbari hozirda to‘rtta sud jarayonini boshidan o‘tkazmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter