Kechikishsiz xaridlar: Mobiuz Korzinka supermarketlarida aloqa sifatini oshirmoqda
Mobiuz Korzinka supermarketlar tarmog‘ida aloqa va internet sifatini oshirish bo‘yicha strategik loyihani e’lon qildi.
Har soniya muhim bo‘lganda
Dunyo o‘zgarmoqda, u bilan birga xarid qilish tajribasi ham. Bundan 10 yil avval ham supermarket yoki do‘konga borish alohida tayyorgarlikni talab qilardi: plastik kartani unutmaslik, terminal ishlamay qolsa deb naqd pul ham olish kerak edi. Bugungi kunda esa bularning barchasi bittagina smartfon bilan hal bo‘lmoqda.
U shaxsiy maslahatchi: rasta yonida turib tovarlarni onlayn mahsulotlar bilan solishtirish, yogurt haqidagi sharhlarni o‘qish, mahsulot tarkibini QR kod orqali tekshirish mumkin;
U hamyon: kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish, bonuslar va to‘plangan ballarni kuzatib borish mumkin;
U jamg‘arma: raqamli sodiqlik kartalari, shaxsiy chegirmalar haqidagi bildirishnomalar, elektron cheklar va keshbeklarni saqlashga qulay;
U yaqinlaringiz bilan aloqada bo‘lishni ta’minlaydi: qanday choy olishni aniqlash uchun onangizga video qo‘ng‘iroq qilasiz, ro‘yxatdagi barcha mahsulotlar savatda ekanligi va siz kassa oldida turganingizni turmush o‘rtog‘ingizga xabar berasiz…
Bularning barchasi faqat bir narsani - hozirning o‘zida va shu joyda barqaror aloqa va internet bo‘lishini talab qiladi.
Har bir Korzinkada Mobiuz bilan aloqada
Mobiuz mobil aloqa operatori Korzinka supermarketlari va Korzinka Mahalla do‘konlari joylashgan hududlarda tarmoqlar qamrovini yaxshilashni boshladi. Loyiha Toshkentda ishga tushirildi va bosqichma-bosqich butun respublikani qamrab oladi.
Nega bu shunchalik muhim? Ochiq joyda mukammal ishlaydigan signal bino ichida karrasiga kuchsizlanadi yoki butunlay yo‘qoladi. 30-40 santimetr qalinlikdagi beton devorlar, metall armaturalar, shiftlarning metall konstruksiyalari, ko‘p qatlamli oynalar... Bularning barchasi radio to‘lqinlarni to‘sib qo‘yadigan jismoniy to‘siqlardir.
Abonentlar Korzinka ichida doimo aloqada bo‘lishlari uchun Mobiuz mavjud tayanch stansiyalarini takomillashtirmoqda va zamonaviy ichki yechimlarni - bino ichida signalni kuchaytirishning maxsus texnologiyalarini qo‘llamoqda.
Operatorning maqsadi - tez va ishonchli aloqa orqali xarid jarayonini qulay, yoqimli va samarali qilishdan iborat.
Innovatsiyalar sari
Mobiuz’ning Korzinka bilan loyihasi alohida aksiya emas. Bu Mobiuz missiyasi - insonlarni birlashtirib, innovatsiyalar bilan kelajak sari intilishning bir qismidir. Kompaniya 8 milliondan ortiq abonent uni nima uchun tanlaganini amalda ko‘rsatmoqda.
Xususan, Mobiuz Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida mobil internet tezligi bo‘yicha yetakchi. Farg‘ona vodiysida 5G tarmog‘ini faol joriy etmoqda. Barcha hududlarda yangi tayanch stansiyalarini qurish va mavjud tarmoqlarni modernizatsiya qilish ishlarini olib bormoqda.
Mobiuz zamonaviy insonning haqiqiy ehtiyojlarini anglab yetadi. Aloqa nafaqat ko‘chada, balki odamlar kundalik hayotining katta qismini o‘tkazadigan joylarda ham mukammal ishlashi lozim. Kompaniya kelajakda ham xarid qilish, ishlash, ta’lim olish va muloqot uchun qulay raqamli muhitni yaratishda davom etadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter