Kim Chen In AQShni terrorizm va agressiyada aybladi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Oliy xalq yig‘ini sessiyasidagi nutqida AQShni dunyo bo‘ylab «davlat terrorizmi va agressiya»da aybladi. Uning chiqishi matni Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi tomonidan tarqatildi.
Kim Chen Inning ta’kidlashicha, «AQShning takabbur va beandoza zo‘ravon siyosati insoniyatning mustaqillik va tenglikka intilishini susaytirmadi, aksincha Amerikaga qarshi kayfiyatni kuchaytirmoqda».
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat mustaqillik tarafdori bo‘lgan kuchlarni yanada birlashtirmoqda va qarshilikni oshirmoqda.
Shu bilan birga, KXDR rahbari mamlakat o‘z missiyasini davom ettirishini bildirdi.
«Mustaqillik tarafdori bo‘lgan kuchlar bu sinovlarni yengib o‘tadi va ko‘p qutbli adolatli dunyo barpo etiladi», – dedi u.
Eslatib o‘tamiz, KXDR rahbari 2025-yil fevralda ham AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya harbiy ittifoqini tanqid qilgan va bu hamkorlik mintaqadagi muvozanatni buzishini aytgandi.
Shuningdek, u AQShning yadroviy kuchlari Koreya yarimorolida joylashtirilganini xavf sifatida baholagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter