Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lavrov: Rossiya hamisha teng huquqli sherikchilikka tayyor

Lavrov: Rossiya hamisha teng huquqli sherikchilikka tayyor

Foto: Sputnik

Rossiya TIV rahbari mamlakat uchun adovali xalqlar yo‘qligini ta’kidladi.

Rossiya BMT Nizomi tamoyillariga amal qiladigan barcha mamlakatlar bilan hamisha teng huquqli va halol sherikchilikka tayyor. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

“Prezident Putin bir necha marotaba takrorlaganidek, jumladan, 2023 yil 9 may kuni G‘alaba paradida nutq so‘zlayotib, biz uchun G‘arbda ham, Sharqda ham nodo‘st, adovatli xalqlar yo‘q”, - dedi Rossiya TIV rahbari Xalqaro hamkorlik forumi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida.

Lavrov Rossiya “keng siyosiylashtirilmagan xalqaro hamkorlikdan manfaatdor zamonaviy davlat” sifatida rivojlanishda davom etayotganini ta’kidladi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri dunyodagi hozirgi keskin vaziyat sharoitida “vaziyatni sog‘lomlashtirish nuqtai nazaridan” insonlararo almashinuv, fan, madaniyat va sport arboblari o‘rtasidagi muloqot alohida ahamiyat kasb etishini alohida qayd etdi.

Shu munosabat bilan Lavrov forumda ko‘plab xorijiy mehmonlarning mavjudligi Rossiyaning haqiqatan ham uning qadriyatlari baham ko‘radigan, mamlakat qanday yashayotganini yaxshiroq tushunishga intilayotgan ko‘plab ishonchli do‘stlari bor ekanligining yorqin dalili” ekanligini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring