Makron Ukraina urushi qachon tugashi ehtimolini aytdi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2027-yilda prezidentlik muddati tugaganidan keyin Parij Kiyevni qo‘llab-quvvatlaydimi yoki yo‘qmi, degan savolga izoh bermadi.
"Umid qilamanki, 2027-yilga kelib tinchlikka erishiladi", dedi Makron Parij yaqinidagi Velizi-Villakublay aviabazasida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Matbuot anjumanidan oldin prezidentlar Kiyevning Fransiya harbiy texnikasini sotib olish niyati bo‘yicha memorandumni imzoladilar.
Yelisey saroyiga ko‘ra, hujjatda Ukrainaga 100 ta Rafale qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Samolyotlar zaxiradan o‘tkaziladimi yoki qo‘shimcha sotib olinadimi, noma’lum. Hujjatning mazmuni oshkor qilinmadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter