Media haftalikda 4-kun: bilimdan amaliyotga o‘tgan bosqich
Media haftalik 4-kun yakunlandi. Ushbu davrda OAV uchun muhim keyslar muhokama qilindi. Jumladan:
- axborot ko‘p – uni tekshirish kerak;
- krizisdan keyin reputatsiyani tez tiklash kerak;
- media tadbirlar natija berishi kerak;
- islohotlar xalqchil va ommabop yetkazilishi kerak;
- tasvir – sifatli montaj orqali kontentga aylanishi kerak;
- «virusli» holatlarda oqilona javob berish kerak;
- SMM va mobilografiya – shunchaki ko‘nikma emas, ustunlik bo‘lishi kerak.
Shu savollarning barchasi Media haftalikning 4-kunida amaliy keyslar orqali ochib berildi.
Bu kun nazariyani emas, aynan ish jarayonini eslatdi – har bir vaziyat real misolga aylandi, har bir yechim sinovdan o‘tdi.
Endi esa eng muhim bosqich boshlandi. 4 kun davomida olingan bilim va ko‘nikmalar – ish jarayoniga ko‘chadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter