Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirobodda festival sabab avtomobillar harakati cheklanadi

Mirobodda festival sabab avtomobillar harakati cheklanadi

Foto: Mirobod tumani hokimligi.

Poytaxtning Mirobod tumanida transport vositalari harakati cheklanadi

Taras Shevchenko ko‘chasida gastronomik-ko‘ngilochar festival o‘tkazilishi munosabati bilan: 

- Taras Shevchenko ko‘chasining Fidokor ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha; 

- Sayyid Baraka ko‘chasining Oybek ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha  bo‘lgan qism 16-oktyabr soat 16:00 dan 20-oktyabr soat 07:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopiladi. 

"Ko‘rsatilgan davrda muqobil yo‘nalishlardan foydalanishingizni tavsiya etamiz", deyiladi Mirobod tumani hokimligi xabarida. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring