Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Narendra Modi 29–30 avgust kunlari O‘zbekistonga keladi

Narendra Modi 29–30 avgust kunlari O‘zbekistonga keladi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 29–30 avgust kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Hindiston Tashqi ishlar vazirligi kotibi Sibi Jorj ma’lum qildi.

Tashrif O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan amalga oshiriladi. Bu Modining O‘zbekistonga to‘rtinchi, ikki tomonlama formatdagi ikkinchi tashrifi bo‘ladi.

Hindiston bosh vaziri avval 2015-yilda Markaziy Osiyo davlatlariga safari doirasida, 2016-yilda Toshkentdagi ShHT sammiti va 2022-yilda Samarqanddagi ShHT sammiti munosabati bilan O‘zbekistonga kelgan.

Tashrif davomida O‘zbekiston–Hindiston strategik sherikligini yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlik va boshqa ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilinishi kutilmoqda.

O‘zbekistondan so‘ng Modi 31-avgust - 1-sentyabr kunlari Qirg‘izistonda bo‘lib, Bishkekdagi ShHT sammitida ishtirok etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring