Nodirbek Yoqubboyev Jahon kubogini to‘rtinchi o‘rinda yakunladi
Goa (Hindiston)da o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha Jahon kubogida bronza medal egasi aniqlandi.
Afsuski, hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboyev rossiyalik Andrey Yesipenkoga imkoniyatni boy berdi (0:2). Yesipenko 2026-yilda o‘tkaziladigan jahon toji uchun da’vogarlar turniriga yo‘llanma oldi. Yoqubboyev to‘rtinchi o‘rinni egallab, 50 ming AQSh dollariga ega bo‘ldi.
Ushbu turnirga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Javohir Sindorov (O‘zbekiston) va Vey Yi (Xitoy) esa Goadagi musobaqa g‘olibligi uchun kurashmoqda. Kecha tomonlar durangga imzo chekdi, g‘olibni bugun tay-brek partiyalaridan so‘ng bilib olamiz.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter