Nogironligi bo‘lgan shaxslar yangi shakldagi ijtimoiy xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi
PF–69-son farmon bilan mo‘’tadil, og‘ir va chuqur darajadagi aqliy zaiflik yoki demensiya tashxisi qo‘yilgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun oilaviy muhitga yaqin shakldagi yangi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Jumladan:
- 2026-yil 1-iyungacha «Yangi kun» kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati;
- 2026-yil 1-sentyabrgacha uy sharoitida qarab turish xizmati;
- 2026-yil 1-oktyabrgacha kichik hajmli «Madad» uyi xizmati;
- 2026-yil 1-noyabrga qadar «Ijtimoiy ta’til» qisqa muddatli joylashtirish xizmati. Bunda ushbu xizmat:
– kichik hajmli «Madad» uylarida tashkil qilinadi;
– Ijtimoiy reyestrga kiritilgan ruhiy holati buzilgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga ularning qonuniy vakili bilan imzolanadigan shartnomaga muvofiq 1 yilda 1 marotaba shartnomada belgilangan muddatda, biroq ko‘pi bilan 2 hafta davomida ko‘rsatiladi.
2026-yil 1-iyundan tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyalar tarkibiga «Inson» markazlari xodimlari kiritiladi.
2026-yil 1-iyundan ruhiy holati buzilgan shaxslarga vasiy yoki homiy sifatida tayinlangan shaxslarning vasiylik yoki homiylikdagi shaxslar oldidagi majburiyatlarining bajarilishi «Inson» markazi tomonidan monitoring qilib boriladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter