Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nogironlik belgilangan bolalar uchun «Erta aralashuv» xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Nogironlik belgilangan bolalar uchun «Erta aralashuv» xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yil 27-aprel kuni Prezidentning «Ruhiy holati buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–69-son farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, bolalarning jismoniy-aqliy rivojlanishida kuzatiladigan nuqsonlarni erta aniqlash va o‘z vaqtida kompleks ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish maqsadida 2026-yil 1-iyungacha bosqichma-bosqich «Erta aralashuv» xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

«Erta aralashuv» xizmati doirasida:

  • nogironlik belgilangan yoki jismoniy-aqliy rivojlanishida nuqsonlari mavjud 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Ijtimoiy himoya milliy agentligi ( Agentlik) tomonidan «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimida yuritiladigan maxsus elektron reyestrga kiritilgan nodavlat tashkilotlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladi;
  • bolalarga maxsus pedagoglar tomonidan korreksion (rivojlantiruvchi) pedagogik yordam ko‘rsatiladi hamda davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchilari tomonidan kompleks rivojlantiruvchi reabilitatsion mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
  • Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlar bilan tug‘ilgan bolalarni qo‘shimcha tibbiy tekshiruv va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring