Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nogironligi bo‘lgan shaxslar yangi shakldagi ijtimoiy xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar yangi shakldagi ijtimoiy xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi

PF–69-son farmon bilan mo‘’tadil, og‘ir va chuqur darajadagi aqliy zaiflik yoki demensiya tashxisi qo‘yilgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun oilaviy muhitga yaqin shakldagi yangi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Jumladan:

  • 2026-yil 1-iyungacha «Yangi kun» kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati;
  • 2026-yil 1-sentyabrgacha uy sharoitida qarab turish xizmati;
  • 2026-yil 1-oktyabrgacha kichik hajmli «Madad» uyi xizmati;
  • 2026-yil 1-noyabrga qadar «Ijtimoiy ta’til» qisqa muddatli joylashtirish xizmati. Bunda ushbu xizmat:
    – kichik hajmli «Madad» uylarida tashkil qilinadi;
    – Ijtimoiy reyestrga kiritilgan ruhiy holati buzilgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga ularning qonuniy vakili bilan imzolanadigan shartnomaga muvofiq 1 yilda 1 marotaba shartnomada belgilangan muddatda, biroq ko‘pi bilan 2 hafta davomida ko‘rsatiladi.

2026-yil 1-iyundan tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyalar tarkibiga «Inson» markazlari xodimlari kiritiladi.

2026-yil 1-iyundan ruhiy holati buzilgan shaxslarga vasiy yoki homiy sifatida tayinlangan shaxslarning vasiylik yoki homiylikdagi shaxslar oldidagi majburiyatlarining bajarilishi «Inson» markazi tomonidan monitoring qilib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring