Nukusda qonunbuzar dorifurushlar qo‘lga olindi
Nukus shahridagi savdo do‘konida qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus shahri bo‘limi, Bojxona va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar J.B. va P.D. YaTT “B.X.”ning Nukus shahridagi savdo do‘konida qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelganliklari aniqlanib, fuqaro M.X.ga tarkibida inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan 6 quti “Molecule plus” dori vositasini 2,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter