Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OAV: Eldor Shomurodovning sobiq klubi chuqur inqiroz yoqasida turibdi

OAV: Eldor Shomurodovning sobiq klubi chuqur inqiroz yoqasida turibdi

Foto: fc-rostov.ru

Hujumchi Eldor Shomurodov o‘ynagan jamoa og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qoldi. 

O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov to‘p surgan Rossiya klubi og‘ir moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan.

Xabarlarga ko‘ra, «Rostov» klubi soliq va ish haqi bo‘yicha qariyb 128 million rubl qarzdor. Qarz tufayli klubning hisoblari muzlatilgan. Klub moliyaviy muammolarini hal qilmaguncha, hisoblar ochilmaydi.

Eldor Shomurodov «Rostov» klubi safida 2017—2020-yillarda o‘ynagan.

U 2017-yilning iyul oyida «Bunyodkor»dan Rossiya klubiga o‘tgan edi va 2020-yilning sentyabr oyida Italiyaning «Jenoa» klubiga transfer qilinguniga qadar «Rostov» sharafini himoya qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring