O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng tinchliksevar davlat deb topildi
O‘zbekiston tinchliksevarlik darajasi bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi deb e’tirof etildi.
O‘zbekiston Global Peace Index 2026 xalqaro reytingiga ko‘ra, 37-o‘rinni egallab, dunyodagi eng tinchliksevar 40 ta davlat qatoridan joy oldi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida bu eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
Mintaqa mamlakatlari orasida Qozog‘iston 44-pog‘onani, Tojikiston — 47-pog‘onani, Qirg‘iziston — 61-pog‘onani, Turkmaniston esa 66-pog‘onani egalladi.
Rossiya tinchliksevar davlatlar ro‘yxatida eng oxirgi 163-o‘rinni egallagan. Ukraina, Kongo DR va Sudan ham oxirgi o‘rinlarni egallagan.
Dunyodagi eng xavfsiz va tinchliksevar mamlakat maqomini o‘zida saqlab kelayotgan Islandiya global reyting yetakchisiga aylandi. Undan keyingi pog‘onalarni Yangi Zelandiya va Shveysariya qayd etdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter