Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Dubaydagi V yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida tarixiy natija qayd etdi

O‘zbekiston Dubaydagi V yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida tarixiy natija qayd etdi

Foto: Sport vazirligi

Joriy yilning 714-dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida V yoshlar Para Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qildi.

Ushbu musobaqada Osiyoning 35 mamlakatidan 1 500 nafarga yaqin atletlar 11 ta sport turida g‘oliblik uchun bellashdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi:

  • para yengil atletika,
  • para taekvondo,
  • bochcha,
  • para suzish,
  • para armrestling,
  • para pauerlifting

sport turlari bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etib, jami 197 ta medal (99 ta oltin, 57 ta kumush, 41 ta bronza) qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun: 2021-yilda Bahraynda o‘tkazilgan IV yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida yurtdoshlarimiz umumjamoa hisobida 6-o‘rinni egallashgan edi 16 ta medal (11 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring