O‘zbekiston FIFA reytingida yuqoriladi
FIFA tomonidan milliy jamoalarning yangilangan reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi o‘rnidan yuqorilab, 50-o‘rindan joy oldi.
Shuningdek, O‘zbekiston milliy termasi Osiyo jamoalari orasida 5-o‘rinni band etgan.
Ispaniya terma jamoasi umumiy reytingni boshqarib bormoqda. Keyingi o‘rinlarda Argentina, Fransiya va Angliya termasi joylashgan. Kuchli beshlik Braziliya yakunladi. Ukraina 28, Rossiya esa 33-o‘rinda joylashgan.
Avvalgi oy O‘zbekiston 54-pog‘onani band etgandi.
Eslatib o‘tamiz, 18 noyabr kuni O‘zbekiston Eronni penaltilar seriyasida yengib, Al Ain Cupʼni qo‘lga kiritdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter