Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston: oq-qora tarixdan taraqqiyotning yangi ranglari sari

O‘zbekiston: oq-qora tarixdan taraqqiyotning yangi ranglari sari

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida «Komsomolskaya pravda» nashrida Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi direktori o‘rinbosari, siyosiy fanlar doktori (PhD) A.Yusupovning «Uzbekistan: ot cherno-beloy istorii k novoy palitre razvitiya» («O‘zbekiston: oq-qora tarixdan taraqqiyotning yangi ranglari sari») nomli tahliliy maqolasi e’lon qilindi. Maqolada O‘zbekistonning 35 yillik mustaqillik davrida bosib o‘tgan yo‘li, mamlakatda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va taraqqiyotning yangi bosqichi haqida fikr yuritiladi.

Qayd etilishicha, sobiq Ittifoq davrida O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy modeli “oq-qora” tusda, ya’ni qat’iy markazlashgan va yopiq edi. Sobiq tizimning ikki asosiy qutbi (“rangi”) ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruvi va xomashyoga qaramlikdan iborat edi. Mamlakat asosan paxta, oltin va gaz eksporti bilan bog‘liq holda tasavvur qilinar edi.

“Oq-qora” tarixdan yangi bosqichga o‘tish — bu hayotning bir xil tusdagi holatidan ranglar va imkoniyatlar xilma-xilligi sari o‘tishini anglatuvchi paradigma almashinuvidir.

Muallif fikricha, mustaqillik avlodi mamlakat tasviri va manzarasini tubdan o‘zgartirmoqda. Bu avlod uchun mustaqillik — o‘tgan asrdagi siyosiy burilish haqidagi xotira emas. Bu avlod sovet davri tajribasi va dunyoqarashi ta’sirida shakllanmagan.

A.Yusupovning maqolasi shuningdek, Germaniyaning «Ostdeutsche Allgemeine» nashrida «Vom starren Zentralismus der Vergangenheit hin zu Offenheit und Diversifikation» («O‘tmishning qat’iy markazlashuvidan ochiqlik va diversifikatsiya sari») sarlavhasi ostida e’lon qilindi.

Mazkur maqolalarning rus va nemis tillarida chop etilishi mamlakatimizning mustaqillik yillarida bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li, amalga oshirilgan tub islohotlar mazmun-mohiyatini xalqaro hamjamiyat va ekspert-tahliliy doiralarga yetkazishda muhim ahamiyatga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring