Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Rossiyada talabalari eng ko‘p 4 mamlakat qatoriga kirdi

O‘zbekiston Rossiyada talabalari eng ko‘p 4 mamlakat qatoriga kirdi

Illyustrativ foto

Joriy o‘quv yilida Rossiya oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 2024-yilga nisbatan 7 ming nafarga ko‘payib, jami 402 ming nafarni tashkil etdi. Bu haqda RF Fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Konstantin Mogilevskiy ma’lum qildi.

Bugungi kunda Rossiyada dunyoning 179 mamlakatidan kelgan yoshlar o‘qimoqda. Eng katta ko‘rsatkichlar Qozog‘iston (60 818), Turkmaniston (57 060) va Xitoy (56 766) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya OTMlarida 46 598 nafar o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda. Bu ko‘rsatkich jami chet ellik talabalarning 11,5 foizi demakdir.

Rossiyada tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni (top-10):
(Jami xorijlik talabalarning qariyb 82 foizi 10 mamlakatga to‘g‘ri keladi)

  1. Qozog‘iston — 60 818;
  2. Turkmaniston — 57 060;
  3. Xitoy — 56 766;
  4. O‘zbekiston — 46 598;
  5. Hindiston — 38 831;
  6. Tojikiston — 24 640;
  7. Belorussiya — 16 048;
  8. Qirg‘iziston — 9 643;
  9. Ozarbayjon — 9 633;
  10. Eron — 9 495 kishi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring