O‘zbekiston tashqi qarzining joriy holati 36,4 mlrd dollarni tashkil etyapti
Davlat qarzi qoldig‘i 2025-yilning 1-iyul holatiga 43,4 mlrd AQSh dollarini (shundan, davlat tashqi qarzi – 36,4 mlrd AQSh doll, davlat ichki qarzi – 7 mlrd AQSh doll) yoki YaIMga nisbatan 34,2 foizni tashkil etdi.
XVJ tomonidan 2025-yil iyun oyida e’lon qilingan IV modda hisobotida O‘zbekiston Respublikasining davlat qarziga xizmat ko‘rsatish salohiyati yuqori darajada, davlat qarzi bilan bog‘liq xatarlar past darajada baholangan.
Davlat tashqi qarzi qoldig‘i 2025-yil 1-iyulda yil boshiga nisbatan 2 687,5 mln AQSh dollariga ko‘payib, 36,4 mlrd AQSh dollarini yoki YaIMga nisbatan 28,7 foizni tashkil etgan.
Shundan:
- O‘zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan tashqi qarz – 31,2 mlrd AQSh dollarini yoki davlat tashqi qarzining 85,7 foizini;
- O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz – 5,2 mlrd AQSh dollarini yoki davlat tashqi qarzining 14,3 foizini tashkil etadi.
Davlat ichki qarzi qoldig‘i esa 2025-yilning 1-iyul holatiga 7 mlrd AQSh dollarini (2025 yil boshida 6,5 mlrd AQSh dollari) yoki YaIMga nisbatan 5,5 foizni tashkil etgan.
Shundan:
- Davlat g‘aznachilik obligatsiyalari – 45,1 trln so‘m;
- Davlat kafolatlagan va ichki majburiyatlar bo‘yicha Davlat budjetidan qaytariladigan qarz – 3,4 mlrd AQShdollarini tashkil etadi.
Qayd etilishicha, davlat qarzining asosiy qismi, ya’ni 93 foizi bir yildan ortiq muddatda so‘ndiriladigan uzoq muddatli hisoblanadi.
O‘rta muddatli istiqbol uchun makroiqtisodiy prognozlar, tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari va strategiyalarida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga asoslangan ko‘p ssenariyli tahlillarga ko‘ra, davlat qarzi YaIMga nisbatan 2025-2028 yillarda 35 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilinmoqda.
Manba: api.mf.uz


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter