O‘zbekistonda farmatsevtika ishlab chiqarishi 1,5 trln so‘mdan oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 1,5 trln so‘mlik asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 36 foizga oshgan. Sohadagi o‘sish dori vositalari ishlab chiqarish hajmi va ichki bozordagi talab ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Ishlab chiqarishning eng katta qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Poytaxtda uch oy ichida 960,7 mlrd so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Hududlar kesimida Sirdaryo viloyati 181,9 mlrd so‘mlik ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 96 mlrd so‘m, Namangan viloyati — 80,4 mlrd so‘m va Samarqand viloyati — 71,1 mlrd so‘m qayd etilgan.
Farg‘ona viloyatida 35,1 mlrd so‘m, Andijon viloyatida 34,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Surxondaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 19,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Qashqadaryo, Buxoro, Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqarish hajmi nisbatan past bo‘lib qolmoqda. Xususan, Qoraqalpog‘istonda 1,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter