Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda sotilayotgan to‘rt Xitoy o‘yinchog‘ida xavf aniqlandi

O‘zbekistonda sotilayotgan to‘rt Xitoy o‘yinchog‘ida xavf aniqlandi

Foto: Nazorat inspeksiyasi.

Bolalar o‘yinchoqlarida xavf aniqlandi. 

​Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan poytaxtdagi savdo shahobchalarida sotilayotgan Xitoyda ishlab chiqarilgan o‘yinchoqlar yuzasidan nazorat haridi amalga oshirildi.

​Laboratoriya tahlillari natijalariga ko‘ra,«Police», «Shaqildoq»,«Assault» o‘yinchoq to‘pponchalari hamda «Darts» mahsuloti belgilangan standart va texnik reglament talablariga javob bermasligi aniqlandi.

​Aniqlangan xavflar:

​— «Police» o‘yinchoq to‘pponchasi — bo‘g‘ilish yoki jarohatlanish xavfini keltirib chiqaradi;

— «Shaqildoq» o‘yinchog‘i — bolalarning eshitish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin;

— «Assault» o‘yinchoq to‘pponchalari — bolalar uchun xavfli holatlar yuzaga keltirishi mumkin;

— «Darts» o‘yinchog‘i — qismlarining o‘tkir qirralari mavjud bo‘lib, jarohatlanish xavfini tug‘diradi.

​Aniqlangan kamchiliklar asosida ushbu mahsulotlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish taqiqlandi. Savdo sub’yektlariga ogohlantirish xatlari yuborildi, mahsulotlarni savdodan chiqarish va realizatsiyani to‘xtatish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring