Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga fuqarosi vizasiz kira oladigan davlatlar soni 90 tadan oshdi

O‘zbekistonga fuqarosi vizasiz kira oladigan davlatlar soni 90 tadan oshdi

2017–2024 yillarda O‘zbekistonning strategik hamkor davlatlar bilan aloqalar kengaydi. Jumladan, Fransiya, Germaniya, Italiya, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Yevropa Ittifoqi va Slovakiya kabi davlatlar bilan strategik sheriklik o‘rnatildi.

Bu haqda «Taraqqiyot strategiyasi» markazining «O‘zbekiston islohotlarining natijalari raqamlarda» to‘plamida so‘z boradi.

To‘plamda, shuningdek, Rossiya va Ozarbayjon bilan ittifoqchilik aloqalari yangi darajasiga, Xitoy, AQSh, Turkiya, Koreya Respublikasi, Hindiston va Vengriya bilan strategik munosabatlar har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani aytiladi.

2025-yil 10-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan davlatlar soni 162 taga yetdi. Mamlakatda xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari hamda xalqaro va hukumatlararo tashkilotlarning vakolatxonalari soni esa 180 tadan oshdi.

O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari soni 54 taga, mamlakatga fuqarolari vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan xorijiy mamlakatlar soni esa 90 tadan oshdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring