«O‘zmetkombinat»ning sobiq rahbari xalqaro qidiruvga berildi
«O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJni 2024-yil 16-oktyabrdan 2025-yil avgustga qadar boshqarib kelgan sobiq mulozim Ahmedov Dilshod Tursunqulovichga nisbatan xalqaro qidiruv e’lon qilingan.
U Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi da (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinyapti.
Dilshod Ahmedov (1972-yilda tug‘ilgan) – I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti bitiruvchisi hisoblanadi. U, shuningdek, Moskva «Skolkovo» boshqaruv maktabida o‘qigan.
2021-yil yanvaridan «O‘zmetkombinat» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, 2024-yil yanvardan esa investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Shuningdek, ayrim manbalar hozirda «O‘zmetkombinat» AJning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tergov organlari tomonidan tekshirilayotgani haqida yozmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter