Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident farmoni bilan 264 nafar shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

Prezident farmoni bilan 264 nafar shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

Videodan kadr

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida Prezident farmoni bilan 264 nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.

Farmon ijrosi doirasida mamlakatning turli hududlarida fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston fuqarolik ID-kartalari topshirildi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot 24» dasturida xabar berildi.

Videolavhada Toshkent viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro va boshqa hududlarda yangi fuqarolarga ID-kartalar tantanali ravishda topshirilgani aks etgan.

Fuqarolikka qabul qilinganlar ushbu qaror ularning mamlakatda to‘laqonli fuqaro sifatida yashashi, mehnat qilishi va qonunchilikda belgilangan huquqlardan foydalanishi uchun muhim imkoniyat yaratganini ta’kidlagan.

«O‘zbekiston 24» xabariga ko‘ra, mazkur tadbirlar Prezident farmoni asosida Mustaqillik bayrami arafasida tashkil etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring