Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Lyu Xaysin boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Lyu Xaysin boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

7-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri Lyu Xaysin boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi.

Yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga XXR Raisi Si Szinpinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik hamda amaliy sheriklikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston – Xitoy barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi izchil o‘smoqda, Xitoyning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qo‘shma loyihalar va korxonalar soni ortib bormoqda.

Parlamentlararo va partiyalararo hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor berildi.

Oliy va kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan, mamlakatimizda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar parlamentlararo va partiyalararo hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma «yo‘l xaritasi»ni qabul qilishga kelishib oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring