Prokuror Qarshi tumani hokimi bo‘ldi
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani hokimi lavozimiga Jasur Tursunov tayinlandi. U bu lavozimgacha prokuratura tizimida faoliyat yuritib kelgan.
Jasur Tursunov 1979 yilda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida tug‘ilgan. U Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u Chiroqchi tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Shuningdek, u turli yillarda Mirishkor va Shahrisabz tumanlari prokurori sifatida ham faoliyat yuritgan.
Shu tariqa, prokuratura tizimida faoliyat olib borgan yana bir rahbar mahalliy ijro hokimiyati tizimiga o‘tdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter