Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshi tumanidagi portlashda 6 kishi halok bo‘ldi

Qarshi tumanidagi portlashda 6 kishi halok bo‘ldi

Foto: Videodan kadr

Qarshi tumanidagi portlashda 6 kishi halok bo‘ldi. 

Bugun, 8-iyun kuni soat 13:50 da Qashqadaryo viloyati FVBga, Qarshi tumani, «Chaman» MFYda joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi maishiy gaz ballonlariga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida portlash bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta qutqaruv bo‘linmalari soat 14:02 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:05 da o‘rab olingan va soat 14:55 da o‘chirilgan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 4 ta avtomobil (2 ta Kobalt, 2 ta gaz tashishga mo‘ljallangan avtomobil) hamda 2 ta yer ostidagi yoqilg‘i saqlash rezervuari yonib zararlangan.

Oqibatda 6 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 5 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning topshiriqlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida mas’ul vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Hukumat komissiyasini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi.

Hukumat komissiyasiga jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish, portlash oqibatlarini bartaraf qilish, ushbu baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda kelgusida bu kabi noxush holatlarning oldini olish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatildi.

Hozirda yong‘in sodir bo‘lgan hudud to‘liq nazoratga olinib, uning oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring