Xitoydagi feyerveyk fabrikasida portlash: 26 kishi halok bo‘lgan
Xitoyning Hunan provinsiyasi markazidagi Liuyan shahridagi feyerveyk fabrikasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 26 kishi qurbon bo‘ldi, yana 61 kishi jarohat oldi.
Bu haqda Changsha shahrida rasmiylar tomonidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Avvalroq Xitoy Markaziy televideniyesi kamida 21 kishi halok bo‘lgani va 61 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi. Portlash to‘lqini zavoddan 300-400 metr radiusdagi binolarga zarar yetkazdi.
Favqulodda vaziyatlar guruhlari va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari voqea joyida ishlamoqda. Qutqaruv shtabi bir kilometrlik asosiy ish zonasi va uch kilometrlik nazorat zonasini belgilab qo‘ydi. Aholi zudlik bilan xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi. Yuzlab odamlar, jumladan, robotlar va maxsus uskunalar oqibatlarini bartaraf etish uchun safarbar qilindi.
Hodisa sabab Xitoy rahbari Si Szinpin butun mamlakat bo‘ylab ishlab chiqarish korxonalarida xavfsizlik choralarini kuchaytirishni buyurdi. U jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish, hodisa sababini iloji boricha tezroq aniqlash va aybdorlarni javobgarlikka tortish zarurligini ta’kidladi.
Luyang zavodidagi portlash dushanba kuni Pekin vaqti bilan soat 16:43 da sodir bo‘ldi. Xitoy jamoat xavfsizligi idoralari zavodga egalik qiluvchi kompaniya rahbarlarini hibsga olish choralarini ko‘rdi. Tergov olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter