Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qiyin ahvolga tushganlar uchun kredit to‘lashda yengilliklar beriladi

Qiyin ahvolga tushganlar uchun kredit to‘lashda yengilliklar beriladi

Markaziy bank boshqaruvining 2025-yil 9-oktyabrdagi 25/1-son qarori bilan bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizomga tegishlicha qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, banklar moliyaviy qiyinchiliklar, murakkab hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan hamda fors-major holatlari tufayli o‘z vaqtida kredit to‘lovlarini amalga oshirishga qiynalayotgan iste’molchilarning amaldagi kreditlari bo‘yicha kredit shartnomasi shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish imkoniyatlari borasidagi arizalarini ko‘rib chiqish tartibiga ega bo‘lishi va ushbu tartibni bankning rasmiy veb-saytida joylashtirishi shart.

Mazkur tartib kamida quyidagilarni o‘z ichiga qamrab olishi lozim:

  • kredit shartnomasi shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish (restrukturizatsiya) turlari (masalan, kredit to‘lovlari muddatini uzaytirish, kredit foiz stavkasini qayta ko‘rib chiqish, kredit to‘lovlarini kechiktirganlik uchun jarima va penyalar miqdorini kamaytirish va boshqalar);
  • kredit shartnomasi shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga (restrukturizatsiyaga) asos bo‘ladigan moliyaviy qiyinchiliklar, murakkab hayotiy vaziyatlar hamda fors-major holatlar ro‘yxati;
  • iste’molchining arizalarini qabul qilish, ro‘yxatga olish tartibi hamda arizaga ilova qilinadigan zarur hujjatlarning ro‘yxati;
  • iste’molchining arizalarini ko‘rib chiqish muddatlari;
  • qabul qilingan arizalarni ko‘rib chiqish va baholash mezonlari;
  • ariza bo‘yicha bank tomonidan qabul qilingan qaror haqida iste’molchiga xabar berish tartibi va muddati;
  • ariza qanoatlantirilgan taqdirda, kredit shartnomasi hamda uning ilovalariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish tartibi;
  • arizani qanotlantirishni rad etish bo‘yicha qaror qabul qilinganda, bu to‘g‘risida asoslantirilgan holda arizachiga xabar berish tartibi.

Bunda ushbu tartibda homiladorlik va tug‘ish ta’tilini olgan ayollarning amaldagi kreditlari bo‘yicha to‘lovlar muddatini o‘n oygacha uzaytirish to‘g‘risidagi arizalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha qoidalar majburiy tarzda aks ettirilishi lozim. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring