Qizlarni xorijga jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi
Toshkentda qizlarni xorijga jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol ushlandi.
Odam savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Xususan, poytaxt hududida qizlarni xorijiy davlatlarga jinsiy ekspluatatsiya qilish uchun yuborish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh vakili hisoblangan, 2002-yilda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan ayol 4 nafar qizlarni aldov yo‘li bilan yollab, ulardan birini o‘zi bilan birga Dubay shahriga olib ketayotgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida to‘xtatib qolindi.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi «z» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,«qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, amaldagi qonunchilikka muvofiq, bu turdagi jinoyatlar uchun 5 yildan 10 yil muddatgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter