Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qurilish sohasidagi kreditlar qoldig‘i 33 foizga oshdi

Qurilish sohasidagi kreditlar qoldig‘i 33 foizga oshdi

2026 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarining jami kredit qo‘yilmalari bir yilda 13 foizga oshib, 659 trln so‘mga yetdi. Eng yuqori o‘sish qurilish, savdo va umumiy xizmatlar sohalarida qayd etildi.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, qurilish sohasiga yo‘naltirilgan kreditlar qoldig‘i 33 foizga o‘sib, 23 trln so‘mni tashkil etgan. Savdo va umumiy xizmatlar yo‘nalishida esa kreditlar 32 foizga ko‘payib, 54 trln so‘mga yetgan. Bu sohaning jami kredit portfelidagi ulushi 7 foizdan 8 foizga ko‘tarilgan.

Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar qoldig‘i 19 foizga o‘sib, 248 trln so‘mni tashkil etgan. Ularning jami kreditlardagi ulushi 36 foizdan 38 foizga yetgan.

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi kreditlar 15 foizga, transport va kommunikatsiya sohasidagilar esa 16 foizga oshgan.

Sanoat sohasida esa boshqa yo‘nalishlardan farqli ravishda kreditlar qoldig‘i kamaygan. 2026 yil 1 oktyabr holatiga bu ko‘rsatkich 133 trln so‘mni tashkil etgan. Bir yil avval 146,3 trln so‘m bo‘lgan sanoat kreditlarining jami kredit portfelidagi ulushi 25,1 foizdan 20,2 foizga tushgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring