Rossiya YeI amaldorlariga kirishni taqiqladi
Rossiya TIV ma’lum qilishicha, YeIning sanksiyalariga javoban bir qator yevropalik amaldorlar va Ukraina Qurolli kuchlariga yordam berayotgan shaxslarga mamlakatga kirishni taqiqladi.
Oldinroq Yevropa Ittifoqi 20-sanksiyalar paketi doirasida Rossiyaga nisbatan yangi cheklovlarni joriy qilgandi.
Unda, jumladan, kiberxavfsizlik sohasida xizmat ko‘rsatish to‘liq taqiqlandi. Eksport cheklovlari kengaytirilib, kimyoviy mahsulotlar, yog‘lovchi materiallar va rezina qamrab olindi. Murmansk va Tuapse portlari bilan operatsiyalar cheklandi hamda kriptovalyuta va raqamli rubl bilan bog‘liq faoliyatga taqiqlar joriy etildi.
Shu bilan birga, ayrim Rossiya OAV efirlari cheklandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter