Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saida Mirziyoyeva Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv o‘tkazdi

Foto: Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Bugun mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

«Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi kelishuvlarning amaldagi ijrosini muhokama qildik. Savdo, iqtisodiyot, energetika va IT sohalaridagi qo‘shma loyihalar e’tibor markazida bo‘ldi», deyiladi xabarda.

Shuningdek,  Prezidentlar Administratsiyalari o‘rtasida ta’lim, bandlik va yoshlar siyosati kabi yo‘nalishlarda aloqalarni rivojlantirish masalalari ham alohida ko‘rib chiqilgan. 

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev Sergey Kiriyenko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgandi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring