Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand shahri hududi 17,5 ming gektarga kengaytiriladi

Samarqand shahri hududi 17,5 ming gektarga kengaytiriladi

Oqdaryo, Payariq, Pastdarg‘om, Toyloq va Samarqand tumanidagi 17,5 ming gektar hudud Samarqand shahriga qo‘shib beriladi. Bu haqda ayni paytda Urgut tumanida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda davlat rahbari ma’lum qildi.

Buning hisobiga Samarqand shahri aholisi 604 mingdan 882 mingga yetadi.

«Shu bois, aholisi va daromadi kundan kunga o‘sib borayotgan Samarqand shahrida zamonaviy uy-joylarga bo‘lgan talabni ta’minlash uchun 3 ta yirik massiv tanlab olindi.

Jumladan, «Shirin» massivida 180 ming, «Temiryo‘l orti» hududida 100 ming, «Qorasuv-2» massivida 30 ming aholi uchun 700 dan ortiq zamonaviy ko‘p qavatli uylar barpo etiladi.

Bu yerlarda maktab, bog‘cha, oliygoh va shifoxona, zamonaviy biznes va savdo markazi, mehmonxona va restoran, ko‘ngilochar maskanlar ham quriladi», – dedi Prezident.

Shuningdek, Samarqand shahridagi 49 ta viloyat tashkiloti kelasi yil «Shirin» massiviga ko‘chadi. Shu yil oxirigacha bu massivni shahar markazi bilan bog‘lovchi «Qoradaryo» ustidan o‘tgan 577 metrli ko‘prik ishga tushiriladi.

Ispaniyalik investorlar bilan xususiy sheriklik asosida ushbu 3 ta massivning kanalizatsiya tizimi yangilanadi.

Shaharda yuk transporti harakatini kamaytirish maqsadida Oqdaryo, Toyloq va Samarqand tumanidan o‘tuvchi magistral yo‘l bo‘yida 4 ta logistika markazi barpo etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring