Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyevning Belgiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Belgiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston yetakchisi Bryussel shahrida Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen hamda Belgiyaliklar Qiroli Filipp bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi tarixiy bitimni imzolash marosimida ham ishtirok etdi. Ushbu hujjat o‘zaro manfaatli hamkorlikni, eng avvalo, savdo va investitsiya sohalarida kengaytirish va mustahkamlash uchun yangi, keng qamrovli huquqiy asos yaratadi.

Davlatimiz rahbari Yevropaning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan ham uchrashuv o‘tkazib, ustuvor yo‘nalishlarda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi.

Tashrif davomida O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Yevropa Ittifoqi bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlangani ham ma’lum qilindi.

Dasturdagi tadbirlar yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring