Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sobiq prezident poraxo‘rlik sabab besh yilga qamaldi

Sobiq prezident poraxo‘rlik sabab besh yilga qamaldi

Foto: Daniel Tapia / Reuters

Ekvador Milliy sudi sobiq prezident Lenin Morenoni Xitoyning Sinohydro kompaniyasidan pora olgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum qildi.

AP agentligi xabar berishicha, bu Ekvador tarixida korrupsiya va moliyaviy jinoyatlarda rasman ayblangan uchinchi sobiq prezident sanaladi.

​Sud Moreno pora evaziga Xitoyning Sinohydro kompaniyasining Coca Codo Sinclair gidroelektr to‘g‘oni qurilishida ishtirok etishini ta’minlaganini aniqladi. Jinoyat 2007 va 2013-yillar oralig‘ida, u Rafael Korrea davrida vitse-prezident bo‘lib ishlagan paytda sodir bo‘lgan.

​Sud shuningdek, ushbu jinoyatga sheriklikda aybdor deb topilgan yana 19 kishini, jumladan, gidroelektr to‘g‘onining sobiq menedjerlarini, shuningdek, Morenoning rafiqasi, qizi, ikki ukasi va kuyovini ham aybdor deb topdi. Xotin va qizning har biri 30 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Barcha sheriklar pora sifatida olgan summalarining uch baravarini davlatga qaytarishga majburdirlar. Sud shuningdek, Lenin Morenoning allaqachon 73 yoshda ekanligi, jiddiy nogironligi borligi va nogironlar aravachasidan foydalanishini ham hisobga oldi. Sobiq prezident jazosini uy qamog‘ida o‘taydi. Uning advokatlari hukm ustidan apellyasiya berish niyatida.

​Sobiq prezidentlar Jamil Mauad va Rafael Korrea ilgari korrupsiya uchun uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingan edilar. Ikkalasi ham Ekvadordan tashqarida va sirtdan hukm qilingan. Uyushgan jinoyatchilik guruhida ishtirok etganlikda aybdor deb topilgan yana bir sobiq prezident Abdallah Bukaramga nisbatan tez orada hukm chiqarilishi kutilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring