Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sun’iy intellektdan foydalanish endi barcha uchun bepul bo‘ladi

Sun’iy intellektdan foydalanish endi barcha uchun bepul bo‘ladi

Janubiy Koreya hukumati sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatini aholi uchun yanada kengaytirmoqda. «AI for All» dasturi doirasida fuqarolarga generativ sun’iy intellekt xizmatlaridan bepul va foydalanish limitisiz foydalanish imkonini beruvchi milliy platforma yaratiladi.

Loyiha mamlakatdagi yirik telekommunikatsiya va IT kompaniyalari ishtirokida amalga oshiriladi. SK Telecom, Kakao va KT boshchiligidagi uchta konsorsium yangi AI xizmatini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etadi.

Janubiy Koreya hukumati 2026 yil davomida mazkur kompaniyalarga jami 512 ta NVIDIA B200 grafik protsessorini taqdim etishni rejalashtirgan. Bu infratuzilma milliy AI xizmatlarini ishlatish uchun zarur hisoblash quvvatini ta’minlashga qaratilgan.

Yangi xizmat oddiy savollarga javob beradigan chatbot bilan cheklanmaydi. U fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanish, turli imtiyoz va imkoniyatlar haqida ma’lumot olishda yordam beradigan AI agent sifatida ham ishlashi kutilmoqda.

Masalan, fuqaro o‘ziga tegishli davlat xizmatlari yoki imtiyozlar haqida so‘raganda, sun’iy intellekt zarur ma’lumotni topish va xizmatdan foydalanish jarayonida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi mumkin.

Janubiy Koreya hukumatining uzoq muddatli maqsadi yanada keng. Kelajakda har bir fuqaro uchun shaxsiy sun’iy intellekt agentidan foydalanish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. Dastlabki AI xizmatlarini 2026-yil oxiriga qadar ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Agar loyiha reja asosida amalga oshirilsa, Janubiy Koreya sun’iy intellektni nafaqat texnologiya sohasi, balki kundalik hayot va davlat xizmatlarining ajralmas qismiga aylantirish bo‘yicha yirik qadam tashlagan bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring