Taqiqlangan joylarda cho‘milganlik uchun javobgarlik belgilanyapti
Tegishli qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida Suv havzalarida xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda (MJtK 2042-modda bilan to‘ldirilmoqda).
Unga ko‘ra, suv havzalarida xavfsizlik qoidalarini buzish, ya’ni akvatoriyalarda plyajlarni jihozlash va ulardan foydalanish, fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, shu jumladan suvda ommaviy dam olinadigan joylarda aholining xavfsizligini va suv havzalarida xavfsizlikni ta’minlash qoidalariga rioya qilmaslik, shuningdek cho‘milish taqiqlangan hududda cho‘milish – fuqarolarga BHMning 1 baravari, mansabdor shaxslarga esa 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday harakatlar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan taqdirda esa fuqarolarga BHMning 3 baravari, mansabdor shaxslarga esa 5 baravari miqdorida jarima qo‘llash taklif qilinmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter