Tog‘da yo‘qolib qolgan 4 yoshli bola kechasi topildi
Toshkent viloyatidagi tog‘li hududda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bola tirik holda topildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, hodisa 13-aprel kuni Ohangaron tumanida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, olti nafardan iborat oila dam olish uchun tog‘ga chiqqan. Sayr davomida ular qorni ko‘rish maqsadida yuqoriga ko‘tarilgan, ammo qaytishda bolani u yerda qoldirib ketishgan. Bolaning yo‘qolgani taxminan 40 daqiqadan so‘ng ma’lum bo‘lgan va zudlik bilan qutqaruv xizmatlariga xabar berilgan.
Hodisa yuzasidan qidiruv ishlariga Toshkent viloyati qidiruv-qutqaruv guruhlari hamda «Qamchiq» maxsus qutqaruv boshqarmasi xodimlari jalb etilgan. Qutqaruvchilarning ma’lum qilishicha, qidiruv ishlari 6,5 soatdan ortiq davom etgan. Qiyin relef va tungi sharoitlar operatsiyani yanada murakkablashtirgan.
Natijada 14-aprel kuni soat 00:20 da bola Olmaliq maxsus qidiruv-qutqaruv otryadi tomonidan topilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter