Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qayev Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik maktubi yo‘lladi

To‘qayev Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik maktubi yo‘lladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik xati yo‘lladi.

Unda To‘qayev joriy yilning 14-16-noyabr kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida Qozog‘iston delegatsiyasiga ko‘rsatilgan iliq mehmondo‘stlik uchun o‘z minnatdorligini bildirgan. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi. 

Xatda mazkur tashrifning tarixiy ahamiyati qayd etilgan bo‘lib, u Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqdoshlikni mustahkamlashga kuchli turtki bergani ta’kidlangan.

Qozog‘iston Prezidenti Toshkentda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvi tashkil etilishini ham yuqori baholagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa hamkorligining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha mazmunli muhokamalar, qabul qilingan muhim qarorlar va hujjatlar, shuningdek, Ozarbayjonning to‘lahuquqli ishtirokchi sifatida qo‘shilishi forumga strategik ahamiyatga ega voqea maqomini bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring