Toshkentda bir kunda 22 ta YTH sodir bo‘ldi
Toshkentda 4-sentyabr kuni 22 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Ularda 4 nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olgan. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.
Shu kuni poytaxt ko‘chalarida 1 502 057 ta transport vositasi harakatlangan. Bu 3 sentyabrdagi ko‘rsatkichdan 14 807 taga, ya’ni 1 foizga ko‘p.
Kun davomida yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq 4 751 ta holat ham qayd etilgan.
Tirbandliklarning oldini olish maqsadida svetoforlarning ish rejimi tezkor muvofiqlashtirilib, ayrim yo‘nalishlarda yashil signal vaqti uzaytirilgan. Zarur chorrahalarga YPX xodimlari jalb qilingan.
Shuningdek, 4-sentyabr kuni poytaxtda 170 ta yo‘nalishda 1 670 ta avtobus harakatlanib, 1,2 milliondan ortiq yo‘lovchi tashilgan. Metropoliten xizmatlaridan esa 862 053 nafar yo‘lovchi foydalangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter