Transfermarkt dunyoning eng qimmat futbolchilarini e’lon qildi: Husanov nechanchi o‘rinda?
Transfermarkt sayti dunyoning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini yangiladi.
Ushbu reyting tepasida uch futbolchi joylashtirildi: Lamin Yamal («Barselona»), Erling Holand («Manchester Siti») va Kilian Mbappe («Real Madrid»). Bu uchlikdagi har bir futbolchining bozor qiymati 200 million yevro.
Top-5ga «Real»ning yana ikki futbolchisi kiritildi: Jud Bellinghem (160 mln yevro) va Vinisius Junior (150 mln yevro).

E’tiborli jihati, Lamin Yamal eng yosh qimmat futbolchilar (20 yoshgacha) ro‘yxatini ham boshqarmoqda.
Transfermarkt «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanovni 35 mln yevroga baholadi — reytingda 194-o‘rinda.



Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter