Uchta hududda hokim o‘zgardi
Bugun Guliston shahri hamda G‘ijduvon va Bo‘ka tumanlarida Xalq deputatlari shahar (tumanlar) kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tgan sessiya ishlarida viloyat hokimlari ishtirok etgan.
Yig‘ilishda viloyat mutasaddilari hududlarda yo‘l qo‘yilayotgan qator kamchiliklar, xususan, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, yangi investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish kabi masalalarda shahar (tumanlar) birinchi rahbarlarining harakatlari yetarli bo‘lmagani tanqid qilindi.
Uchala hududda ham chaqirilgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Unga ko‘ra:
- Guliston shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Xodjimanov Jamoliddin Xusniddinovich egallab turgan lavozimidan ozod etildi va o‘rniga shu kunga qadar Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan O‘ktamjonov Farrux O‘ktamjonovich nomzodi tasdiqlandi.
- G‘ijduvon tumani hokimi Ashurov Sherzod Raximovich lavozimidan ozod etildi va shu kunga qadar «G‘ijduvon» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori vazifasida ishlab kelayotgan Umarov Farhod Baqoyevich nomzodini tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
- Bo‘ka tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Begmatov Baxtiyor Paxriddinovich lavozimidan ozod etildi va ayni paytda Parkent tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Isoqulov Sardor Dadajonovich nomzodi ushbu lavozimga tasdiqlandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter