Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vashington Erondagi to‘y marosimiga berilgan zarbani tekshiryapti

Vashington Erondagi to‘y marosimiga berilgan zarbani tekshiryapti

AQSh Eron janubidagi to‘y marosimiga zarba berilgani haqidagi xabarlarni tekshirmoqda. Reuters tahliliga ko‘ra, binoga tekkan o‘q-dori AQSh tomonidan qo‘llangan qurol bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Hodisa 1-sentyabr kuni Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozi sohilidagi Sirik tumani, Kuhestak qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Eron davlat televideniyesi ma’lumotiga ko‘ra, dastlab to‘rt kishi halok bo‘lgan, keyinroq shifoxonada yana bir ayol vafot etgan. Shu tariqa qurbonlar soni 5 nafarga yetgan. Kamida 68 kishi jarohatlangan.

Reuters tomonidan tekshirilgan foto va videolarni tahlil qilgan harbiy mutaxassislar binoga zarba qaytgan parcha yoki havo mudofaasi raketasi emas, balki havodan tashlangan o‘q-dori to‘g‘ridan-to‘g‘ri tekkan bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Mutaxassislar uni taxminan 500 funtlik aviabomba bo‘lishi mumkin, deb baholagan.

AQSh Markaziy qo‘mondonligi o‘sha kecha hududda Eronning havo mudofaasi va aloqa obyektlariga zarbalar berilganini tasdiqlagan. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, nishonlardan biri to‘y bo‘lib o‘tayotgan binodan taxminan 135 metr masofada joylashgan telekommunikatsiya minorasi bo‘lgan.

AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens Vashington hodisani tekshirayotganini bildirdi. AQSh harbiylari esa tinch aholini ataylab nishonga olmasligini ta’kidlagan.

Hozircha zarba qanday sharoitda berilgani va to‘y marosimi o‘tkazilayotgan bino nega zarar ko‘rgani bo‘yicha yakuniy xulosa e’lon qilinmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring