Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

WSJ: BAA Eronga qarshi maxfiy hujumlarda ishtirok etgan

WSJ: BAA Eronga qarshi maxfiy hujumlarda ishtirok etgan

Birlashgan Arab Amirliklari AQSh va Isroilning Eronga qarshi urush fonida Tehronga qarshi bir qator maxfiy hujumlarni amalga oshirgan. Bu haqda The Wall Street Journal manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, BAA aprel oyi boshida Eronning Lavan orolidagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba bergan. Hujum AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan sulh haqida bayonot berish arafasida amalga oshirilgani aytilmoqda.

Manbalarga ko‘ra, zarba natijasida yirik yong‘in chiqqan va obyekt ishdan chiqqan.

WSJ nashrining yozishicha, Eron bu hujumlarga javoban BAA va Kuvaytga qarshi ballistik raketalar hamda dronlar qo‘llagan.

Nashr manbalaridan biri AQSh BAAning urushga qo‘shilishini «jimgina ma’qullaganini» bildirgan.

Ma’lum qilinishicha, Eron BAAga boshqa har qanday davlatdan, hatto Isroildan ham ko‘proq hujum uyushtirgan. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Amirliklarga 2800 dan ortiq raketa va dron hujumlari amalga oshirilgan.

Bu hujumlar mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, ayrim sohalarda ishdan bo‘shatishlar va majburiy ta’tillarga sabab bo‘lgan.

BAA Tashqi ishlar vazirligi nashrning savollariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri izoh bermagan. Biroq vazirlik avvalroq chiqqan bayonotida mamlakat «dushmanona harakatlarga javob qaytarish huquqiga ega» ekanini ta’kidlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring