Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaqin Sharqdagi sulh xabarlaridan so‘ng neft narxi keskin tushdi

Yaqin Sharqdagi sulh xabarlaridan so‘ng neft narxi keskin tushdi

AQSh–Eron o‘rtasida ehtimoliy ikki haftalik sulh haqidagi xabarlar neft narxining keskin tushishiga olib keldi.

8-aprel holatiga ko‘ra, Brent nefti narxi bir kunda taxminan 110 dollardan 95 dollargacha tushdi. Umuman olganda, xom neft narxi 14 foizga arzonlagan.

Shu bilan birga, neft mahsulotlari ham arzonladi:

  • mazut narxi 17 foizga tushdi;
  • benzin qariyb 10 foizga arzonladi.

Ekspertlar bu holatni Ho‘rmuz bo‘g‘ozining ochilishi bo‘yicha kutilmalar bilan bog‘lamoqda. Ushbu strategik yo‘lak orqali dunyo neftining katta qismi tashiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eron hujumlarni to‘xtatsa, zarbalarni vaqtincha to‘xtatishga tayyorligini bildirgan. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ham shunga o‘xshash bayonot berib, ikki hafta ichida kema harakati tiklanishi mumkinligini aytgandi.

Ayni paytda, Isroil ham ehtimoliy sulhni qo‘llab-quvvatlayotgani xabar qilinmoqda.

Mutaxassislar fikricha, agar Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilsa, neft bozoridagi bosim yanada kamayishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring