Zelenskiy Ilon Maskni «Ozodlik» ordeni bilan taqdirladi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Maskni «Ozodlik» ordeni bilan taqdirladi.
Zelenskiyning farmonida Mask «insonlar hayoti va erkinligini himoya qilishdagi ulkan shaxsiy xizmatlari, Ukraina va AQSh xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi» uchun mukofotlangani qayd etilgan.
«Ozodlik» ordeni Ukrainada xorijliklarga ham berilishi mumkin bo‘lgan eng yuqori davlat mukofotlaridan biri hisoblanadi. Ukraina fuqarolari uchun eng oliy mukofot — «Ukraina Qahramoni» unvoni.
Avvalroq Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Italiya bosh vaziri Jorja Meloni kabi xorijiy siyosatchilar ham mazkur orden bilan taqdirlangan.
SpaceX kompaniyasining Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tarmog‘i Ukraina harbiylari tomonidan keng qo‘llanib kelinmoqda.
Manbaga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda Kiyev Starlink tizimi bilan jihozlangan zarba beruvchi dronlardan Rossiya hududining ichkarisiga zarba berishda foydalanishga ruxsat olishga harakat qilgan, biroq bu borada hozircha natijaga erishmagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter