Ko‘ksaroyda Albaniya prezidentini rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi (foto)
Bugun, 16-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Albaniya prezidenti Bayram Begayni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib olib, shohsupaga taklif qildi.
Shuningdek, harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Albaniya davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Marosim yakunida birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter